Tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun pediatriya bo‘yicha xalqaro talabalar fan olimpiadasi o’tkazildi.
Ishtirokchilar:
- Abduraxmanova S.T. – “Bolalik kasalliklari” kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori. Ostona tibbiyot universiteti. Qozog’iston
- Krupskaya T.S. – tibbiyot fanlari doktori, professor. Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi Irkutsk davlat tibbiyot universiteti.
- Shamansurova E.A – tibbiyot fanlari doktori, professor. Jismoniy tarbiya va fuqaro muhofazasi 1-sonli oilaviy shifokor kafedrasi mudiri. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.

Respublikamiz va chet el olimlarining quyidagi 26ta talabalar ma’ruzalari boldi.
Anjuman mavzusidan kelib chiqqan holda ToshDavTU professor-o‘qituvchilari, yosh olimlari, klinik ordinatorlar, magistrlar hamda talaba yoshlari o‘rtasida bir-birlari bilan tajriba almashish maqsadida Astana, Rossiya Federatsiyasi, kabi davlatlar o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib oldilar.
Аnjuman davomida ish faoliyati televideniya, matbuot va internet tarmog‘i orqali uzliksiz yoritilib borildi. Anjumanda mahalliy va xorijiy mutaxassislar, sohalarning malakali kadrlari hamda professor-o‘qituvchilari onlayn va oflayn ishtirok etishdi.

