Bugungi uchrashuv davomida 315 va 316-xonalarning umumiy tozaligi ko‘rib chiqildi. Qizlar bilan tozalikning sog‘liq uchun muhim omil ekanligi haqida suhbat o‘tkazildi. Tozalik qoidalariga rioya qilish, chiqindilarni o‘z vaqtida tashlash, yotoqxona tartib-qoidalariga amal qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Ishtirokchilar suhbat davomida faol qatnashib, o‘z fikr va takliflarini bildirdilar. Xonalarni muntazam ravishda toza saqlash hamda gigiyena qoidalariga rioya qilish bo‘yicha kelishib olindi.



