Toshkent Davlat tibbiyot universiteti “Oilaviy tibbiyotda bolalar kasalliklari” kafedrasi xodimlarining 1-son Respublika Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida 2025 yil 19 sentabr kuni “Kasbiy ta’lim tashkilotlarida uslubiy va o‘quv-metodik ishlarni tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlar mazmun va mohiyati bilan yaqindan tanishish” mavzusida tashkil etilgan maxorat seminari

Toshkent Davlat Tibbiyot universiteti “Oilaviy tibbiyotda bolalar kasalliklari” kafedrasi xodimlari, dotsentlar Yaxyayeva K.Z va Iskanova G.X.lar 2025 yil 19 sentyabr kuni  1-son Respublika Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi “Pediatriyada hamshiralik ishi” kafedrasi o’qituvchilari G.Sayidova, M,Teshayevalar bilan xamkorlikda “Pediatriya ishi” yo’nalishi 3-kurs o’quvchilari bilan “Chaqaloqlarda tranzitor holatlar” mavzusida maxorat seminari o’tkazdilar. Mavzuni yoritishda 1 davolash fakultetining 601a va tibbiy pedagogika fakultetining 601c guruhi talabalari faol ishtirok etdilar. Darsda mulyajlar, prezentatsiyadan foydalanildi. Universitet talabalari o’tkazilgan master klassda savollarga javob berdilar, mavzuni tushuntirib berdilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.