21.02.2024. kuni Respublika Oliy ta’lim muassasalarining bir guruh professor-o’qituvchilari qatorida «Оilaviy tibbiyotda bolalar kasalliklari» kafedrasi professori, t.f.d. Raxmanova L.K. “Ozbekiston-24” telekanali jonli efiri “Munosabat” teleko’rsatuvida ekspert sifatida chiqish qildi. Raxmanova L.K. “O’smirlarning tibbiy, ijtimoiy, iqtisodiy muammolari echimida psixologik yondoshuvlar” mavzusida o’z fikr-mulohazalarini bildirdi va ushbu muammoning bugungi kundagi dolzarbligini tahlil qilib berdi.