9 май хотира ва қадрлаш куни

8 may kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Oilaviy shifikorlikda bolalar kasalliklari kafedrasida  hodimlari tomonidan tashkilashtirigan “Ustozlarni xotiralab” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirni kafedra mudiri professor I. A. Karimjonov ochib berdilar.

 

 

 

 

Inson qadri ulug‘langan, xotirasi sarbaland yurtda yashayotganimizning o‘zi bir baxt. O‘zining zahmatli mehnatlari, ilmiy salohiyati, sermahsul ishlari bilan millat qalbida abadiy yashaydigan, hayot yo‘li esa yoshlar uchun ibrat maktabi bo‘lib xizmat qiladigan insonlardan biri Oilaviy shifikorlikda bolalar kasalliklari kafedrasida 50 yildan ko’p faoliyat yuritgan xozirda nafaqadagi faxriy hodimlarimiz Pak Sergey Tixinov va Nizomiddinova Roza Abdunazarovnalar so’zga chiqib, o’zfikirlarini bidirdilar.

   

 

 

 

 

 

 

Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug` fazilatlaridan biridir. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog`idadir. Ana shunday mardlik va jasorat namunasini ko`rsatganlarga, jang maydonlarida jonini fido qilgan bobolarimiz, sabr-bardosh bilan katta qiyinchiliklarni engib o`tgan momolarimizni sharaflash, xotirasini abadiylashtirish, ularga g`amxo`rlik va e`tabor ko`rsatish mustaqillik yillarida yangicha ma`no-mazmun bilan boyidi.

Bu jihatdan yurtimizda keng nishonlanayotgan Xotira va qadrlash kuniga bag`ishlangan tadbirlarda, ona diyorimiz xalqimizning ozodligi va istiqloli, erkin va farovon xayotini mardlik va shijoat bilan himoya qilgan fidoyi yurtdoshlarimizga ko`rsatayotgan g`amxo`rlik, xurmat-extiromda yanada yaqqol namoyon bo`lmoqda.

Davlatimiz rahbari o’z ma’ruzalarining birida shunday deganedilar: “Tarixiyxotira – bu avvalo, hayot mazmunini, avlodlar o’rtasidagi vorisiylik tuyg’usini anglash demakdir”.

Xotirani asrash, xotirani ehtiyot qilish – bu bizning o’zimiz va avlodlaroldidagi axloqiy burchimizdir. Xotira – bizning boyligimizdir.

Albatta, hayotiy dunyoda yashab, o‘zidan ko‘plab yaxshiliklar qoldirgan, xalqning xizmatida kamarbasta bo‘lib, foniy dunyodan rihlat qilgan ajdodlarimizni eslashimiz ham barchamizga lozim vazifa hisoblanadi. Zero, o‘tganlarni eslash va ularga istig‘for aytish, qabrlarini ziyorat qilish va ularning haqlariga duolar  qilish hammamizning insoniy burchimizdir.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.