2026 yil 30 aprel kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Profilaktik tibbiyotda yuqori innovatsion texnologiyalarni qo’llash” mavzusiga bagishlangan Xalqaro ilmiy- amaliy konferensiya bo’lib otdi.

2026 yil 30 aprel kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Profilaktik tibbiyotda yuqori innovatsion texnologiyalarni qo’llash” mavzusiga bagishlangan Xalqaro ilmiy- amaliy konferensiya bo’lib otdi. Ushbu konferensiyada Rossiya, Balarus, Turkiya, Hindiston, Xitoy, Germaniya, Qozog’iston, Qirg’iziston va O’zbekistondan tibbiyotning turli sohalari bo’yicha taniqli olimlar ma’ruzalar bilan qatnashdilar va o’zaro tajriba almashdilar. Shu jumladan Toshkent davlat tibbiyot universitetidan konferensiyaga tashrif buyurgan delegatsiya a’zolari xirurgiya, terapiya, ginekologia va pediatriyaning dolzarb muammolariga bag’shlangan ma’ruzalari bilan chiqdilar.

Konferensiya jarayonidaTDTU Oilaviy tibbiyotda bolalar kasalliklari kafedrasi mudiri, prof. I.A. Karimdjanov va prof. L.K. Raxmanovalarning pediatrik nefrologiya profilaktik amaliyotining bugungi kundagi dolzarb muammolari va ularning yechimlariga bagishlangan qiziqarli ma’ruzalari ham tinglandi va muxokamalar boldi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.